Mahalliy

Ikki nafar o‘zbekistonlik Arizona universitetini oltin medal bilan tamomladi

Published

on


“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari Abdulaziz Vaxabov va Samandar Erkinov Arizona universiteti (AQSh) eng sara bitiruvchilari qatoridan joy olib, akademik yutuqlari uchun oltin medallar bilan taqdirlandi.

Abdulaziz Vaxabov universitetni “Honors degree” bilan tugatib, oliy o‘quv yurtining eng yuqori akademik mukofoti — “qizil diplom”ga teng keladigan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bitirish marosimida sahnadan uning minnatdorchilik so‘zlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaati yangradi.

Eller College of Management  bitiruvchisi Samandar Erkinov “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Economics Outstanding Senior — yilning eng yaxshi bitiruvchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. U o‘z sohasi bo‘yicha joriy yilda topshirilgan yagona medalni qo‘lga kiritdi va mehmonlarni o‘zbek tilida qutlab, nutq so‘zladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version