Jamiyat
Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi
Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash miqdorlari belgilandi.
«O‘zbekiston Respublikasining «2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–388-son, 26.12.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
– budjet tashkilotlari bo‘yicha:
– budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,0 foiz;
– Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 1,2 foiz;
– Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,4 foiz;
– O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;
– boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:
– budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 95,9 foiz;
– Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga — 2,5 foiz;
– Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga — 0,8 foiz;
– O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.
2026-yil 1-yanvardan quyidagi summalar 2025-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim:
– uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’yektlari, shu jumladan, ommaviy baholashdan o‘tkazilgan ob’yektlarga 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi;
– uy-joy fondining ko‘chmas mulk ob’yektlari joylashgan yer uchastkalarida jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi.