Iqtisodiyot

Ijtimoiy karta orqali xarid qilingan tovarlar bo‘yicha QQSni qaytarish soddalashtiriladi

Published

on


Hukumat qarori bilan “Kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy karta orqali xarid qilingan ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. 

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Nizomga ko‘ra, ayrim turdagi tovarlar (xizmatlar) ijtimoiy karta orqali xarid qilinganda, soliq summasi oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida qaytariladi.

Soliq qo‘mitasi avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlangan soliq summasi bo‘yicha buyurtmani ijtimoiy kartadan to‘lovlar amalga oshirilgan kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga Soliq qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘iga buyurtma olgan kunda to‘langan soliq summasini qaytarib berish uchun mablag‘larni o‘tkazadi.

Soliq qo‘mitasi soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning reyestrini vakolatli bankka 1 ish kunida taqdim etadi.

Vakolatli bank pul mablag‘larini 1 ish kunida soliq summasi qaytarilishi tasdiqlangan jismoniy shaxslarning ijtimoiy kartalariga o‘tkazadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version