Jamiyat

IIV akademiyasiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Published

on


O‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar S.R. va S.Sh. o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version