Jamiyat
Hududlar kesimida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 284 440 tani tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, YaTT soni bo‘yicha:
Toshkent shahri – 41 093 ta;
Samarqand viloyati – 29 792 ta;
Farg‘ona viloyati – 27 186 ta;
Andijon viloyati – 26 233 ta;
Toshkent viloyati – 26 060 ta;
Qashqadaryo viloyati – 23 327 ta;
Namangan viloyati – 19 908 ta;
Buxoro viloyati – 17 401 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 17 090 ta;
Surxondaryo viloyati – 16 710 ta;
Xorazm viloyati – 14 198 ta;
Jizzax viloyati – 9 767 ta;
Sirdaryo viloyati – 8 025 ta;
Navoiy viloyati – 7 650 ta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YaTT soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari joylashgan. Eng past ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Mutaxassislar fikricha, YaTT soni hududlardagi kichik biznes faolligi, aholi zichligi va xizmatlar sohasi rivojlanish darajasini aks ettiradi.