Dunyodan

Hormuz boʻgʻozida qolib ketgan xorijlik kema chiqarib yuboriladi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp dushanbadan boshlab Vashington Hormuz boʻgʻozida qolib ketgan neytral kemalarga yordam berishini maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaroga aloqador bo‘lmagan ko‘plab davlatlar AQShdan kemalarni bo‘g‘ozdan xavfsiz olib chiqishda yordam so‘ragan. Shu munosabat bilan “Ozodlik rejasi” deb nomlangan tashabbus boshlanadi.

Prezident Tramp operatsiya birinchi navbatda insonparvarlik maqsadlarida amalga oshirilganini ta’kidlab, kemadagi oziq-ovqat zahiralari tobora kamayib borayotganini aytdi. AQSh ularni kuzatib borish va xavfsiz o’tishlarini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

AQSh prezidenti, shuningdek, Eron bilan muzokaralar “ijobiy ruhda” ketayotganini aytdi. Shu bilan birga, Vashington, agar operatsiya barbod bo‘lsa, kuch ishlatishdan o‘zini tiya olmasligini bildirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version