Jamiyat

hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Published

on


Namangan viloyatining Uychi tumanida bir yoshli bolakay hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketdi. Voqea joyiga yetib kelgan FVV qutqaruvchilari tezkor harakat qilib, bolaning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kecha, 22 may kuni soat 18:47 da Namangan viloyati, Uychi tumani «Muborak» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uylarning birida favqulodda holat sodir bo‘ldi. Uy egasining 2025 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borgan va qutqaruv ishlarini boshlagan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolakayni olib chiqqan.

Shifokorlar tomonidan bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u yaqinlariga topshirildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilinmoqda.

Mutaxassislar ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikka chaqirmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version