Dunyodan
Hindistonga Rossiya neftini sotib olishga joriy qilingan bojlar bekor qilindi.
Prezident Donald Tramp Hindistonga Rossiya neftini sotib olish uchun joriy qilingan bojlarni bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avgust oyida Hindiston mahsulotlariga qo’shimcha 25% tarif joriy etildi, bu esa umumiy tarifni 50% ga yetkazdi.
Bugun, 7-fevral kuni kuchga kirgan buyruqda aytilishicha, agar AQSh Savdo vazirligi Hindiston Rossiyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita neft import qilganini aniqlasa, tariflar qayta tiklanishi mumkin.
Shuningdek, savdo bitimi kuchga kirmoqda, unga ko‘ra Hindiston besh yil davomida AQShdan 500 milliard dollarlik mahsulotlar, jumladan, neft, gaz, ko‘mir, qimmatbaho metallar, samolyotlar va yuqori texnologiyali mahsulotlarni sotib olishga majbur bo‘ladi.
Savdo kelishuvi doirasida AQShga import qilinadigan hind tovarlariga bojlar joriy 25 foizdan 18 foizgacha pasaytiriladi, Rossiya neftini sotib olish uchun joriy qilinganidan tashqari.
Shu bois, Hindiston mahsulotlari AQSh bozoriga kirgach, ularga avvalgi 50 foiz o‘rniga 18 foizlik boj qo‘yiladi.