Iqtisodiyot

Hindiston Surxondaryoda mis qazib olishga 650 mln dollar sarmoya kiritadi

Published

on


Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish ishlari jadallashtiriladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Hindistonning Glokal Yevroaziya MChJ XK raisi Iqbal Mohammad boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olindi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Uchrashuvda hindistonlik investorlar tomonidan Uzun tumanida umumiy qiymati 650 million dollar bo‘lgan mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi. Loyiha doirasida yiliga 10 ming tonna misni qazib olish va qayta ishlash quvvatiga ega korxona barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali 350 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bugungi kunda loyihaning birinchi va ikkinchi bosqich geologik-qidiruv ishlari yakunlangan, ayni paytda esa zavod qurilishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, investorlar tomonidan sog‘liqni saqlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkil etishga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarni tayyorlash, tashkiliy bosqichlarni boshlash hamda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version