Dunyodan

Hindiston chegara xavfsizligi uchun timsohlar va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Published

on


Hindiston hukumati noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun mamlakatning Bangladesh bilan chegarasining borish qiyin bo‘lgan qismlarini himoya qilish uchun “biologik to‘siqlar”dan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

“To’siqlar” daryolar yoki boshqa suv havzalariga qo’yib yuborilgan timsohlar yoki zaharli ilonlardan iborat bo’lishi mumkin, deb yozadi Times.

So‘rov Hindiston chegara xavfsizligi kuchlari tomonidan ichki ishlar vaziri Amit Shohning ko‘rsatmasi bo‘yicha taqdim etilgan.

Hindiston va Bangladesh chegarasi taxminan 4100 km uzunlikda. Ushbu chegaraning taxminan 850 km qismi qo’riqlanmagan. Daryo chegarani kesib o‘tgani uchun u yerda panjara qurib bo‘lmaydi. Bu daryolar ko‘pincha qirg‘oqlaridan toshib, yo‘nalishini o‘zgartirib, Hindistonga o‘tishga urinayotgan Bangladeshliklar uchun katta muammo tug‘diradi.

Hindiston rasmiylari allaqachon bu hududlarni himoya qilish uchun dron patrullari va tungi ko’rish kameralaridan foydalanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version