Jamiyat

Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olindi

Published

on


Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan ozod etildi. 

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonlari bilan: 

Hilola O‘ktamovna Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; 

Ilhom Tohirovich Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda ishlagan. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version