Jamiyat
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
Prezident qarori bilan, O‘zbekiston musulmonlari idorasining shu haqdagi axboroti qabul qilinib, 20 mart – Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahri jamoat transporti (avtobus va metropoliten) ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
“Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni oldini olish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Prezident qarori bilan, O‘zbekiston musulmonlari idorasining shu haqdagi axboroti qabul qilinib, 20 mart – Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Hayit va Navro‘z bayramlari munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha bo‘ldi:
20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
22 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
23 mart (dushanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni), 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy ish kuni.