Jamiyat

haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi

Published

on


2025 yil 11 noyabr kuni soat 05:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida Merhaba kafesi qarshisida Spark avtomashinasi yo‘l yuzidagi daraxtga urildi. Haydovchiga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, holat bo‘yicha surishtiruv boshlandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lumoticha, 1995 yilda tug‘ilgan A.Ye. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. YTH oqibatida haydovchi yengil jarohat olgani aytilib, unga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version