Iqtisodiyot

«Hastimom» turistik markazidagi bir qator ko‘chmas mulk ob’yeklari savdoga qo‘yildi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ Toshkent shahri Olmazor tumani, «Hastimom» MFY, Qorasaroy ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi Markaziga tutashgan «Hastimom» turistik markaziga tegishli ko‘chmas mulk ob’yeklarini savdoga qo‘ymoqda.

Turistik komleks o‘z ichiga quyidagi ob’yektlarni oladi:

– 56 ta joyga mo‘ljallangan va 300 joyli restoranga ega «Buxoro» mehmonxonasi;
– 30 ta joyga mo‘ljallangan va 300 joyli restoranga ega «Samarqand» mehmonxonasi;
– umumiy maydoni 866 m2 bo‘lgan «Bog‘dod» restorani;
– umumiy maydoni 930 m2 bo‘lgan «Madina» restorani;
– maydoni 29 m2 dan 632 m2 gacha bo‘lgan 25 ta savdo nuqtalari.


«Samarqand» mehmonxonasi

To‘lov shartlari: ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida sotuv bahosidan 30%li avans, qolgan 70% kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng 1 oy ichida.

Hamkorlik shartlari: Zarur hollarda investor «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit olishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).

Telefon: +998 78 148-26-58.

E-mail: info@nbuig.uz

Aloqadagi shaxs: Risqulov Akbar (+998 97 443-42-82, ariskulov@nbuig.uz)  

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version