Sport

Hasanboy Do‘smatov ikkinchi marotaba jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Dubay (BAA)da o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov (51 kg) rossiyalik Bair Batlayevni yengib, o‘z faoliyatida ikkinchi marotaba jahon chempioni bo‘ldi.

U jahon chempioni sifatida 300 ming AQSh dollari miqdorida mukofotni ham qo‘lga kiritdi.

Yana bir vakilimiz — Abdumalik Xalokov (60 kg) finalni rossiyalik Vsevolod Shumkovga boy berib (hakamlar qaroriga ko‘ra), kumush medal bilan kifoyalandi.

Dubaydagi jahon chempionatida oltin medal uchun asosiy raqiblarimiz — rossiyaliklar:

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Yevgeniy Kool (Rossiya)

-80 kg: Javohir Ummataliyev — Jambulat Bijamov (Rossiya)

-92 kg: To‘rabek Habibullayev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)

+92 kg: Arman Maxanov — David Surov (Rossiya).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version