Jamiyat
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga kim rahbarlik qilishi aniq bo‘ldi
Yangi tashkil etilgan universitetni mudofaa vaziri boshqaradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘i hisoblanadi hamda uning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlikka 2024-yil noyabrdan buyon Shuhrat Holmuhammedov rahbarlik qilib kelmoqda.
Avvalroq mudofaa tizimida qator tayinlovlar amalga oshirilgandi.