Jamiyat

Haj va Umraga borish uchun yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ldi

Published

on


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endi ziyoratga borish istagidagi fuqarolar portal orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart.

Vazirlar Mahkamasining «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan 2026 yil 24 yanvardagi 27-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:


2026 yil 1 fevraldan — Haj tadbiriga;
2026 yil 1 maydan — Umra tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

Shuningdek, ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib, safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version