Jamiyat

Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

Published

on


Shanbadan O‘zbekistonga nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Harorat dam olish kunlari kunduzi +28…+36, kechasi +13…+16 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Shanbadan boshlab respublika hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha bulutsiz va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +36…+39 daraja, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +41 darajagacha bo‘ladi.

Havo harorati shanba kunidan asta-sekin pasayadi va 30 avgustda +31…+36 daraja, 31 avgust–1 sentabr kunlari +28…+33 darajani tashkil etadi.

Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli bo‘ladi, 1 sentabrga kelib harorat kechasi +13…+16 darajagacha pasayadi. Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda, 30–31 avgust va 1 sentabrda ayrim joylarda ba’zida 20–23 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida dam olish kunlari havo bulutsiz bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 30–31 avgustda 10–14 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Juma kunduzi harorat +37…+39 daraja, shanba kuni +34…+36 daraja, yakshanba va dushanba kunlari +30…+32 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asta-sekin +13…+15 darajagacha pasayadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version