Dunyodan

Grenlandiya AQSh bilan Daniya ishtirokisiz muzokaralar olib borishni istaydi

Published

on


Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Vivian Motzfeldt Daniya ishtirokisiz AQSh bilan bevosita muzokaralarni boshladi.

Financial Times gazetasining yozishicha, bu harakat Grenlandiya tashqi hamkorlar bilan munosabatlarga diplomatik yondashuvini o‘zgartirayotganidan dalolat beradi.

Grenlandiya yuqori darajadagi avtonomiyaga ega bo’lsa-da, rasmiy ravishda Daniya Qirolligi tarkibiga kiradi. An’anaga ko’ra, tashqi siyosat masalalari Kopengagen orqali muvofiqlashtiriladi.

Mutaxassislarning fikricha, Motzfeldning sa’y-harakatlari Grenlandiya xalqaro maydonda mustaqilroq harakat qilishga urinayotganidan dalolat berishi mumkin. Bu mintaqaning siyosiy mavqei va tashqi aloqalari kelajakda sezilarli darajada o‘zgarishi ehtimolini oshiradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version