Dunyodan
Germaniyadagi AQSh qo’shinlari Polshaga yuborilishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyadan olib ketilayotgan amerikalik harbiylarning bir qismi Polshaga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Varshava bunday qarorni qo‘llab-quvvatlaydi. “Bu variant mumkin”, dedi Tramp Polsha prezidenti Karol Nabrodskiy bilan yaxshi munosabatlarini ta’kidlab.
Avvalroq Polsha rahbari mamlakatda AQSh qo‘shinlarini joylashtirish uchun zarur infratuzilma mavjudligini aytgandi. Litva, shuningdek, qoʻshimcha AQSh qoʻshinlarini joylashtirishga tayyorligini maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset bir yil ichida kamida 5000 amerikalik askarni Germaniyadan olib chiqishni buyurgan. Bu qaror Vashington va Berlin o‘rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklar fonida qabul qilingani aytildi.
Ayni paytda Germaniyada 36 mingdan ortiq, Polshada esa 10 mingga yaqin amerikalik askar joylashgan.
AQSh kuchlarining Germaniyadan Sharqiy Yevropaga ko‘chirilishi NATOning Rossiyaga qarshi harbiy muvozanat va to‘xtatib turish strategiyasida yangi bosqichga olib kelishi mumkin.