Dunyodan
Germaniyada hibsga olingan qozoq fuqarosi: og’ir jinoyatlarda ayblanmoqda
Germaniya politsiyasi Berlinda Qozog‘iston fuqarosini qo‘lga oldi. U Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko’ra, bu shaxs bir yil davomida Germaniyaning mudofaa kompaniyalari haqidagi ma’lumotlarni Rossiyaga uzatib kelgan, deb xabar berdi Berliner Morgenpost.
Tergovchilarga ko‘ra, Sergey K. 2025-yilning may oyidan beri Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilib keladi va Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordami haqidagi ma’lumotlarni hamda dron va robot tizimlarini ishlab chiquvchi nemis kompaniyalariga uzatganlikda gumon qilinmoqda. U, shuningdek, Germaniyadagi qo‘poruvchilik faoliyati uchun potentsial maqsadlar haqida ma’lumot yig‘ishda gumon qilinmoqda.
Prokurorlarning aytishicha, Sergey K. josuslik faoliyatida ishtirok etish uchun odamlarni yollashga uringan va Germaniyadagi harbiy karvonlarni suratga olgan. 28-fevral kuni politsiya xodimlari uning xonadoniga bostirib kirishdi. Birinchi sud majlisi 29 aprelga belgilangan.