Dunyodan
G’azoni qayta qurish uchun Tinchlik kengashi tuziladi – Prezident Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini qayta qurish bo‘yicha Tinchlik kengashi tuzilishini ma’lum qildi. Bu haqda u o’zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog’ida yozdi.
“Ishonch bilan ayta olamanki, bu hozirgacha tuzilgan eng katta va eng ta’sirli kengash bo’ladi”, dedi prezident Tramp.
Bu eʼlon Qoʻshma Shtatlar prezident Trampning Gʻazodagi urushni tugatish rejasining ikkinchi bosqichini boshlagani haqidagi xabarlar ortidan keldi. 14 yanvar kuni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Vitkoff o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichidan so‘ng demilitarizatsiya, texnokratik nazorat va sektorni qayta qurish rejalashtirilayotganini aytdi.
Prezident Tramp rejasining birinchi bosqichi o‘tgan yilning oktabrida, XAMAS va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlar va asirlarni almashishga kelishib olgan paytda bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bosqich G‘azo sektorida o‘tish davri hukumatini tuzish, hududlarni qayta tiklash va to‘liq qurolsizlantirishni ko‘zda tutadi. Bu jarayon, shuningdek, XAMAS va boshqa Falastin qurolli guruhlarini qurolsizlantirishni ham o‘z ichiga oladi.
Stiv Vitkoffning aytishicha, Qo’shma Shtatlar XAMAS o’z majburiyatlarini to’liq bajarishini, jumladan, oxirgi marhumning garovga olingan qoldiqlari zudlik bilan qaytarilishini kutmoqda.
“Agar bu talab qondirilmasa, jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Shu bilan birga, Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib, Xamas urush davomida yo‘qotilgan harbiy kuchlarini qaytarishga harakat qilmoqda, deb yozadi. Xususan, shikastlangan tunnel infratuzilmasi qayta tiklanmoqda. Gazetaning yozishicha, bu holat ortidagi sabab Isroil harbiy qo‘mondonligi qo‘shinlarni qurolsizlantirishdan bosh tortayotgani, shu bois yangi quruqlikdagi operatsiya uchun rejalar ishlab chiqilmoqda.