Jamiyat

Gaz tarmoqlariga «gaz nasosi» o‘rnatish taqiqlanadi: xatarlar haqida ogohlantirish berildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy gaz bosimini sun’iy oshirish maqsadida «gaz nasosi» qurilmalarini o‘rnatish targ‘ib etilmoqda. Hukumat qarori bilan, bunday qurilmalarni gaz tarmoqlariga ulash qat’iyan taqiqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori (129-band) talablariga muvofiq, gaz quvurlari, gaz taqsimlash shoxobchalari va gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik ish rejimiga xalal beruvchi qurilmalar — jumladan, «gaz nasos»larini o‘rnatishga ruxsat yo‘q.

O‘zenergoinspeksiya tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida ushbu qoidabuzarlik noqonuniy foydalanish sifatida baholanib, iste’molchiga nisbatan iste’mol qilingan gaz hajmlarini qayta hisoblash, jarima qo‘llash belgilanadi. 

Ayrim holatlarda yetkazilgan zarar miqdoriga qarab, ish jinoiy javobgarlik masalalariga ham borib yetishi mumkin.

Mutaxassislar bunday qurilmalardan foydalanish yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishi, portlash va boshqa baxtsiz hodisalarga olib kelishi ehtimolini qayd etmoqda.

Iste’molchilarga tavsiya:


gaz uskunalariga o‘zboshimchalik bilan aralashmang, faqat vakolatli mutaxassisga murojaat qiling.
bosim past bo‘lsa, gaz ta’minoti tashkilotiga rasmiy shikoyat/ariza qoldiring.
qonunbuzarlik holatlarini 112 raqami (yoki mahalliy dispetcher xizmatlari) orqali xabar qiling.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version