Jamiyat

Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi

Published

on


“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Unda, Izboskan tumani «Markaz» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.A. tomonidan o‘zining yashash xonadonida gaz ballonlarini noqonuniy tarzda, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga mutlaqo zid ravishda saqlayotgani aniqlandi.

Xususan, ushbu xonadonda suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlardan avtomashinalarga quyib sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version