Jamiyat
FVV qutqaruvchilari Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan Nexia-2’ni olib chiqdi
16 yanvar kuni kechasi Qamchiq dovonidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida «Toshkent–Vodiy» yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-2 avtomobili yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi. Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari transport vositasini maxsus texnika yordamida xavfsiz hududga olib chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 yanvar kuni soat 22:02 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Nexia-2 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida mashina yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgani haqida «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari tezkor yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xandaqdan chiqarib, xavfsiz hududga olib chiqqan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.