Dunyodan
FQB reyd e’lon qildi – 7 million dollar topildi!
FQB bir odamni topgani uchun 7 million dollar mukofot taklif qilmoqda, deb xabar beradi WSJ. AQSh rasmiylarining aytishicha, bu odam Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga juda yoqadi.
Shimoliy Koreyalik bankir Shim Xyon Seop pul yuvish va Kim Chen In rejimi manfaati uchun xalqaro sanksiyalardan qochishda muhim rol o‘ynaydi, deydi AQSh rasmiylari. U kriptovalyutalar va boshqa mablag‘lar oqimini nazorat qiladi, maxfiy agentlar va kiberjinoyatchilardan olingan mablag‘larni Shimoliy Koreyaning jihozlari va qurol-yarog‘ dasturlariga yo‘naltiradi.
Tergov ma’lumotlariga ko’ra, Shim Xyon Seopning sxemasi orqali o’nlab million dollar yuvilgan, ularning bir qismi AQShdagi yirik banklar orqali o’tgan. Qattiq sanksiyalarga qaramay, Shimoliy Koreyaning maxfiy xorijiy bankirlar tarmog‘i uni jahon moliya tizimi bilan bog‘lab turadi.
Shim Xyon Seop Xitoyda yashiringan deb ishoniladi, ammo AQSh rasmiylari u bilan bog‘lana olmadi.