Jamiyat

foydalanuvchilar bir kunda tarmoqni qanday to‘ldiradi?

Published

on


Internet 2025 yilda juda kuchli darajada «qaynab» turibdi. Har kuni milliardlab odamlar o‘z faoliyati bilan raqamli makonni to‘ldirmoqda.

Exploding Topics va Sandvine kompaniyalari hisobotlari har kuni tarmoqda sodir bo‘ladigan jarayonlar masshtabiga haqiqatan ham real ko‘z bilan nazar tashlash imkonini beradi.

1. Jo‘natiladigan elektron xatlar: 333 milliard.

Elektron pochta hanuz internetning eng asosiy xizmatlaridan biri bo‘lib qolmoqda: dunyo bo‘yicha har kuni 333 milliard xat yuboriladi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar ommalashganiga qaramay, aynan elektron pochta ish yuritish yozishmalari, raqamli marketing va tranzaksion xabarnomalarning (masalan, cheklar yoki buyurtma haqidagi bildirishnomalar) asosiy kanali bo‘lib qolmoqda.

Biroq Sandvine ma’lumotlariga ko‘ra, butun pochta faoliyatining 45 foizidan ko‘prog‘i — spam, ya’ni kuniga 152 milliard kerak bo‘lmagan xat.

2. Jo‘natiladigan SMS: 24 milliard.

SMS (bu yerda faqat internet orqali yuborilgan xabarlar nazarda tutilmoqda, oddiy mobil aloqa orqali emas) ijtimoiy tarmoqlar fonida kamtar ko‘rinsa-da, umuman olganda eskirmadi. Har kuni 24 milliard SMS ikki bosqichli autentifikatsiya, uchrashuvlar haqida eslatmalar va interneti zaif hududlarda aloqa uchun ishlatiladi.

Smartfonlar keng tarqalgan, ammo messenjer ilovalari to‘liq ustunlikka ega bo‘lmagan mamlakatlarda SMS hanuz mustahkam o‘rinni egallab kelmoqda.

3. Google’da qidiruv so‘rovlari: 8,5 milliard.

Google har kuni 8,5 milliardta so‘rovni qayta ishlaydi va dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriladigan sayti maqomini saqlab turibdi. U milliardlab odamlar uchun asosiy ma’lumot manbai — taom retseptlaridan va sharhlardan tortib, tibbiy belgilar va ilmiy ma’lumotlargacha.

4. Snapchat’dagi “snep”lar: 8,5 milliard.

Snapchat yo‘qolib ketadigan (vaqtinchalik) vizual kontent sohasida yetakchilikni saqlab qolmoqda — har kuni 8,5 milliardta «snep» yuboriladi.

5. Facebook’da e’lon qilinadigan postlar: 2,5 milliard.

Yangi platformalar raqobatiga qaramasdan, Facebook foydalanuvchilari har kuni 2,5 milliardta post yaratadi. O‘smirlar uchun bu ilova endi unchalik «modada» bo‘lmasa-da, kattalar, kichik biznes va mahalliy jamoalar orasida u juda ommalashgan holda qolmoqda.

6. Tinder’da svayplar: 1,6 milliard.

Tinder’da muhabbat (yoki shunchaki qiziqish) izlash sekinlashmayapti — kuniga 1,6 milliard svayp amalga oshiriladi. Tanishuv ilovalari raqamli his-tuyg‘ular g‘oyasini butunlay odatiy holga aylantirdi, pandemiya paytidagi izolyatsiya ta’siri esa ularga qiziqishni yanada oshirdi.

7. X (sobiq Twitter)dagi postlar: 500 million.

Rebrendingdan keyin X’da faollik o‘zgargan bo‘lsa-da, platforma hali ham kuniga 500 millionta post qayd etmoqda.

Ilon Maskka tegishli bu platforma hanuz dunyo miqyosidagi onlayn-muhokamalar markazlaridan biri bo‘lib turibdi, ayniqsa siyosat, sport va real vaqtdagi yangiliklar mavzusida. 2024 yilda uzun postlar joriy etilishi va mualliflar uchun monetizatsiya dasturlari foydalanuvchilar faolligini barqaror darajada ushlab turishga yordam berdi.

8. Zoom’da o‘tkaziladigan uchrashuv soatlari: 151 million.

«Dunyoning istalgan nuqtasidan ishlash» konsepsiyasi endi me’yorga aylandi. Har kuni foydalanuvchilar Zoom’da 151 million soatga yaqin vaqt o‘tkazadi — masofaviy ish, xalqaro muloqot va gibrid ta’lim formati rivojlanishda davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version