Jamiyat

Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Published

on


Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, hokimiyat organi mansabdor xodimining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Xususan, Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari o‘zining mansab mavqeidan foydalangan. U joriy yilning iyun oyida qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan MChJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollari talab qiladi.

Shundan hozir 20 ming AQSh dollarini berishini, qolgan 10 ming AQSh dollarini esa hosil yig‘imidan so‘ng berishi kerakligini aytadi.

Hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 20 ming AQSh dollarini o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version