Jamiyat
Firibgarlikda ayblangan fuqaro Turkiyadan deportatsiya qilindi
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 29 yoshli erkak Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvga berilgan, 1996 yilda tug‘ilgan D.Ye. Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi va O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Bu O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida amalga oshirilgan.
IIV ushbu shaxsning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishini so‘ragan.