Dunyodan
Filippindagi kuchli zilzila: 32 kishi halok bo’ldi
Filippin qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 134 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Ularning aytishicha, o‘limning asosiy sabablari qulagan uylar va ko‘chkilardir.
700 mingga yaqin aholisi bo’lgan General Santos shahri eng ko’p zarar ko’rdi. Do‘konlar va binolar shikastlangan, derazalari singan, ba’zilari esa butunlay qulab tushgan.
Mahalliy hokimiyat organlari hali ham jamoat ob’ektlari va infratuzilmaga etkazilgan zararni baholamoqda.
Zilzila 7,8 magnitudali edi. Filippin aholisidan balandroq joyga evakuatsiya qilish so’ralgan. Orollar uchun balandligi 1 metrdan oshiq tsunami haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos Mindanaoning jabrlangan hududlarida darslarni bekor qilishni buyurdi. Shuningdek, Yaponiya 180 mingdan ortiq aholini qirg‘oqbo‘yi hududlaridan evakuatsiya qildi.