Sport
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
U futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda «CAFA Nations Cup 2025» musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida keldi.
FIFA delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov boshchiligida kutib olindi.