Sport

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi asl nusxasini Trampga qoldirdi

Published

on


«Chelsi»ga faqat nusxasi berilgan. AQSh prezidenti klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining oltin medalini ham o‘zida olib qoldi.

Foto: David Ramos/Getty Images

Klublar o‘rtasidagi 2025 yilgi jahon chempionati g‘olibiga topshiriladigan kubokning asl nusxasi AQSh prezidentining Oval kabinetida saqlanadi. Bu haqda DAZN nashriga Donald Tramp ma’lum qildi.

Mart oyida FIFA prezidenti Janni Infantino birinchi marta Oval kabinetdagi tadbirda kubokni Trampga taqdim qilgan edi. Shundan beri kubok kabinetni tark etmadi.

«Men ulardan kubokni qachon olib ketasiz, deb so‘radim. Ular esa hech qachon olmasligini, u Oval kabinetda abadiy qolishi mumkinligini, uning o‘rniga yangisi tayyorlanishini aytdi. Bu juda hayajonli edi, lekin kubok hozir Oval kabinetda», dedi Tramp.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulgacha AQSh hududida o‘tkazildi. Finalda «Chelsi» klubi «PSJ»ni 3:0 hisobida yengdi. AQSh prezidenti final o‘yinini stadionda tomosha qildi.

Tramp o‘yindan keyingi taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, medallarni futbolchilar bo‘yniga taqdi. Yakunda bir oltin medal ortib qoldi, AQSh yetakchisi uni cho‘ntagiga solib qo‘ydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version