Jamiyat

Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi

Published

on


Asaka tumanida tezkor tadbir davomida fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uni pulga sotishga uringan ikki fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar V.T. va X.S. tumandagi “Yu.M.” fermer xo‘jaligining “Yuqori Bo‘z” MFY hududidagi 0,6 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ular ushbu yer maydonini fuqaro U.K.ga 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, kadastr hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. Tezkor tadbir vaqtida ular 22 500 AQSh dollarini olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version