Sport

Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli “Istanbul Boshoqshehir”ga g‘alaba keltirdi

Published

on


Eldor Shomurodovning Turkiya chempionatida kiritgan gollari soni 15taga yetdi.

Turkiya Superligasi 21-tur doirasidagi “Eyupspor” — “Istanbul Boshoqshehir” bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida mehmonlarning o‘zbekistonlik yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayevning Zelkega uzatmasidan so‘ng hisob ochildi. Fayzullayev 66-daqiqada zaxiraga olindi.

Bahsning 53-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilib hisobni yiriklashtirdi va uning chempionatda kiritgan gollari soni 15taga yetdi.

“Eyupspor” 93-daqiqada Umut Bozokning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi. Bahs 1:2 hisobida yakunlandi.

“Istanbul Boshoqshehir” Turkiya Superligasida 21 o‘yindan so‘ng 33 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version