Iqtisodiyot

Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi

Published

on


Avtomobillarga butlovchi ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Uzsungwoo qo‘shma korxonasining ustav kapitalidagi 50 foizlik davlat ulushi auksionda 585,8 mlrd so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi – “Roodell” MChJ.

Farg‘ona viloyatida joylashgan Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi “Roodell” MChJga 585,8 mlrd so‘mga sotildi.

Savdolar 1 iyun kuni bo‘lib o‘tdi va 34 daqiqa 36 soniya davom etdi.

E-auksion ma’lumotlariga ko‘ra, lotning boshlang‘ich narxi 390,5 mlrd so‘m etib belgilangan bo‘lib, savdolar yakunlanishida g‘olib taklifi 585,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Yakuniy narx boshlang‘ich qiymatdan qariyb 195,3 mlrd so‘mga yoki 50 foizga yuqori shakllangan.

Uzsungwoo – UzAuto Motors uchun butlovchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona. Farg‘ona shahrigi korxonada 1060 nafar xodim ishlaydi.

Auksion hujjatlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida korxonaning sof foydasi 146,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Asosiy fondlarning balans qiymati 396,9 mlrd so‘m, aylanma aktivlari esa 493,6 mlrd so‘m etib baholangan.

Davlat ulushini xarid qilgan investor korxonaning asosiy faoliyat turini kamida 10 yil davomida saqlab qolishi, shuningdek, avtomobilsozlik tarmog‘iga oid qator majburiyatlarni bajarishi kerak bo‘ladi. Xususan, korxona faoliyati bilan bog‘liq ayrim qarorlar «O‘zavtosanoat» bilan kelishilgan holda qabul qilinishi nazarda tutilgan.

“Roodell” MChJ haqida

Aktivni sotib olgan “Roodell” MChJ – ADM Global avtomobil holdingi tarkibiga kiradi. Guruh O‘zbekistonda Kia, Chery, Haval, Tank va Changan brendlarining distribyutsiyasi hamda avtomobil komponentlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Korxona 2012 yilda tashkil etilgan, faoliyat turi – avtomobillarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 220,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ta’sischilari:

– Asrorov Mirbahrom Arorovich (33,40 foiz);

– Davletiyarov Daniyar Begdullayevich (33,30 foiz);

– Sharipov Murod-Mirza Sharifjon o‘g‘li (33,30 foiz).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version