Jamiyat

Farg‘onada transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi

Published

on


Guruh a’zolari Dang‘ara tumani hududida dala maydoniga ko‘mib qo‘yilgan 4 kg opiy giyohvand moddasini olayotganda ushlangan. Narkoguruh a’zolari Tojikiston va Qirg‘izistonda ham faoliyat yuritishi aniqlangan. 

Farg‘ona viloyatida transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Qo‘qon-Toshkent” avtoyo‘lining Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘l chetidagi dala maydoniga ko‘mib yashirilgan giyohvand vositalarini olayotgan 3 nafar shaxs ushlangan.  

Qo‘lga olinganlardan biri oldin ham giyohvand modda savdosi bilan jinoiy jazoga tortilgan 28 yoshli ayol, uning sheriklari 1974 va 1989 yilda tug‘ilgan shaxslar ekani ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari ekani, Tojikiston va Qirg‘izistonda ham ushbu guruh a’zolari faoliyat yuritishi aniqlangan. Tadbir davomida jami 4 kg opiy giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Qayd etilishicha, hozirda jinoiy guruhning qolgan a’zolarini qo‘lga olish maqsadida tezkor tadbir davom ettirilmoqda. 

Oldinroq bir necha yildan buyon Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyati va Toshkent shahriida giyohvand vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan transchegaraviy uyushgan narkoguruh a’zolari ushlangandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version