Jamiyat
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida sud boshqaruvchisi yordamchisi IChKga oid qarz mablag‘idan 300 mln so‘m undirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qilgan. U tezkor tadbirda 48 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida faoliyati to‘xtatilgan mineral o‘g‘itlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish kooperativi (IChK)ga biriktirilgan sud boshqaruvchisi yordamchisi MChJga tegishli 1 mlrd 502 mln so‘m miqdoridagi haqdan 300 mln so‘mini undirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 48 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.