Jamiyat

Farg‘onada soliq idorasi xodimi 30 ming dollar bilan ushlandi

Published

on


Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori qo‘lga olindi.

U o‘z ukasiga 2023 yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qilgan. 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version