Jamiyat
Farg‘onada qo‘riqlash bo‘limi xodimi cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi
Rishton tumanida qo‘riqlash bo‘limi xodimi cho‘kayotgan ayolning hayotini saqlab qoldi.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Joriy yilning 6 avgust kuni soat 13:00 larda qo‘riqlash bo‘limi xodimi, kichik serjant Sherzod Odilov Rishton tumani Zodiyon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib qolgan hamda uni zudlik bilan suvdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va hayotini saqlab qolgan.
Aniqlanishicha, 2004 yilda tug‘ilgan R.A. ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan.
Tuman tibbiyot bo‘limi uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lig‘i yaxshi holatda ekani ma’lum qildi.