Jamiyat
Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
Ona va o‘g‘il o‘rtasida pul sabab kelib chiqqan janjal fojia bilan yakunlandi.
Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida onasini shafqatsizlik bilan o‘ldirgan 29 yoshli erkak sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgan kuni ona va o‘g‘il o‘rtasida pul sabab janjal kelib chiqqan. Tortishuv vaqtida ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining boshiga bir necha bor urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ta’kidlanishicha, shundan keyin erkak ayolning bosh qismini tanasidan uzib olgan. So‘ng jasadning tanasini tomorqaning bir chetiga, boshini esa hojatxona orqasiga ko‘mgan. Erkak hodisa joyidan qochib ketgan.
Dang‘ara tuman sudi hukmiga ko‘ra, yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.