Jamiyat

Farg‘onada “Lasetti” qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Published

on


18 yoshli ayol haydovchi “Lasetti-2”  rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va “FAW TIGER“ rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, 14 iyun kuni soat 13:30 larda O‘zbekiston tumani hududidan o‘tgan D-098 “Qo‘qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo‘lida 2008 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N (ayol) “Lasetti-2”  rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan.

Oqibatda u o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1973 yilda tug‘ilgan R.O boshqaruvidagi “FAW TIGER“ rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida “Lasetti-2“haydovchisi va avtomobilda bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version