Jamiyat
Farg‘onada Labo’ning gaz balloni portlab ketdi
Farg‘onada ehtiyotsizlik oqibatida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi.
2025 yil 18 sentabr kuni soat 12:00 larda, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.X. Labo rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirish uchun, Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan AGTKShga kirgan.
U avtomashinasidagi “propan” gaz turi uchun mo‘ljallangan ballonga ehtiyotsizligi oqibatida “metan” gaz quyib yuborishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Natijada Labo avtomashinasi texnik shikastlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.