Jamiyat

Farg‘onada jamoat tartibini buzgan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Published

on


Ular spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda fuqarolarning tinchligini buzayotganligi aniqlangan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 29 noyabr kuni Farg‘ona shahar Tarona ko‘chasida tonggi soat 4larda 2003 yilda tug‘ilgan M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda shu hududda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzayotganligi aniqlangan.

Ushbu shaxslarni tinchlantirish maqsadida yetib borgan IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version