Jamiyat

Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, E.V. MChJ rahbari J.R. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni Angliya davlatiga ishga yuborishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida MChJ rahbari J.R. 7 nafar fuqaroni chet davlatga ishga yuborishi evaziga jami 10 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 114,2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version