Jamiyat
Farg‘onada avtomobil daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi
Quva tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Nexia 3 yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi.
23 iyul kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH soat 16:00 larda Tolmozor mahallasi hududidan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lida yuz bergan.
1993 yilda tug‘ilgan B.S avtomobilni boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘lning o‘ng tomonidagi yong‘oq daraxtiga borib urilgan.
Dastlabki ma’lumotlar ko‘ra, oqibatda salondagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana bir nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.