Jamiyat

Farg‘onada 2 ta mashina to‘qnashdi, ulardan biri piyodani ham urib yubordi

Published

on


Farg‘onada Spark va Lacetti to‘qnashib ketib, ulardan biri yo‘l chetida turgan piyodani ham urib yubordi. 

Viloyat YHXB qayd etishicha, holat 2025 yilning 16 oktyabr kuni soat 8:10 larda Yozyovon tumanida Mustaqillik va Andijon ko‘chalari kesishgan chorrahasida sodir bo‘lgan. Unda orqaga qayrilmoqchi bo‘lgan Sparkʼka Lacetti avtomobili kelib urilgan.

Shundan so‘ng, Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 1991 yilda tug‘ilgan piyodani ham urib yuborgan. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version