Mahalliy

Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

Published

on


Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, respublikaning qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat   kechga tomon  qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi,  momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida  ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23 daraja bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version