Jamiyat
Farg‘ona viloyatida “Nexia-3” jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan 18 yoshli bola mashinada jarlikka qulab vafot etgani haqidagi xabar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil 21 iyul kuni So‘x tumani, Lenbur mahallasida yashovchi voyaga yetmagan, 2007 yilda tug‘ilgan S.S. “Nexia-3” rusumli avtomashinani So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati Bujay ayili hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida jarlikka ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB.