Jamiyat

Farg‘ona viloyatida 6 yoshli bolani mashina urib ketdi

Published

on


Velosipeddagi bola yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan va ortdan kelgan mashina g‘ildiraklari ostida qolgan. U shifoxonada vafot etdi.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 6 yoshli bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHB.

Qayd etilishicha, 16 avgust kuni soat 16:30 atrofida tumanning «Dehqonobod» MFY hududida 33 yoshli fuqaro «Gaz-3110» avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan 2019 yilda tug‘ilgan X.M.ni urib yuborgan.

Kuzatuv kamerasida yozib olingan videoda velosipedda harakatlangan bola yo‘l o‘rtasiga chiqib ketgani va ortdan kelgan mashina uni urib, sudrab ketgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng hodisa yaqinida bo‘lgan odamlar uni mashina solib, shifoxonaga olib ketishgan.

Biroq og‘ir tan jarohatlari olgan bola ko‘rsatilgan tibbiy yordam qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version