Jamiyat

Farg‘ona viloyat sudi raisi va o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi Farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 14-bandi va «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 70-moddasiga muvofiq:


Akrom Jo‘raqulovich Utayev yozma arizasiga binoan Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimidan;
Alisher Abdurashidovich Abduraxmanov yozma arizasiga binoan Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:


Giyosiddin Tulkinovich Yalgashev besh yil muddatga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan Navoiy viloyat sudi raisining o‘rinbosari –  jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi;
Boboxon Xodjiakbarovich Vaxobov besh yil muddatga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga;
Abrorjon Alimjonovich Omonov besh yil muddatga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Akmal Xashimovich Raximov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Tolibdjan Yakubdjanovich Xaydarov besh yil muddatga Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Ulugbek Balkibayevich Mamadaliyev besh yil muddatga Qashqadaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Oybek Aliyevich Xasanov besh yil muddatga Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Jasur Mansurovich Suyarov besh yil muddatga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version